Kimyo-texnologiya fakultetida ochiq dars boʻlib oʻtdi
Kimyo-texnologiya fakulteti fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi docenti O.Seytnazarova 2-A kimyoviy-texnologiya guruhi talabalariga Fizikaviy kimyo fanidan «Elektrokimyo, elektr o’tkazuvchanlik» mavzusida ochiq darsini o’tdilar. Ochiq darsda fakultet professor-o’qituvchilari va guruh tyutori qatnashdi.
Ochiq darsni O.Seytnazarova dars o’tish talablariga to’liq amal qilgan holda tashkillashtirdi. Dars davomida o’qituvchi o’qitishning interfaol usullaridan yangi mavzuni tushintirish, uni mustahkamlashda keng foydalanib, mavzuning talabalarga to’liq etib borishini taminladi.
Talabalar dars davomida oʻzlarining bilmagan savollariga javoblar olishdi, ochiq darsda faol qatnashdi.
Kimyo-texnologiya fakulteti tyutori A.Alauatdinova