Факультет тарихи
Fakultet 1943-jılı Wqituvchilar instituti tarkibida «Tabiatshunoslik-geografiya bo’limi» bo’lib tashkillashtirildi, shundan 1948 yili fakultetga aylantirildi. 1976 yili Nukus davlat universiteti ochilishiga boǵlik, bu fakultet «Ximiya-biologiya fakulteti» bo’lib qayta tuzildi.
1991 yili o’z oldiga «Ximiya fakulteti» ochildi.
1991-1995 yy. doc. J.Qurbanov, 1995-2000 yy. doc. K.İbraimov, 2000-2005 yy. B Bektursınov, 2005-2006 yy. doc. R.Tlegenovlar fakultet dekani lavozimida mehnat qildi.
2006-yili 12-dekabrdan yangi injener-texnolog mutaxassislardi tayorlash sohalarining ochilishi bilan «Ximiya-texnologiya fakulteti» bo’lib qayta tashkillashtirildi va 2006-2012 yy. doc. M.Ayımbetov, 2012-2013 yy. B.Nurımbetov, 2013-2014 yy A.Pirniyazov, 2014-2017 yy D.Tureniyazova, 2017-2018 yy R.Kurbaniyazovlar fakultetni boshqardi. 2018 yil iyun oyidan boshlab fakultetga kimyo fanlari nomzodi, docent B.Nurimbetov rahbarlik qilmoqda.
Fakultet kafedralari:
- Organik va noorganik kimyo kafedrasi
- Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi
- Kimyoviy texnologiya kafedrasi
Taʼlim tizimi
Bakalavriat yo‘nalishlari:
- 5140500 – Kimyo
- 5320400 – Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar)
- 5321000-Oziq-ovqat texnologiyasi (go’sht-sut va konserva mahsulotlari)
Magistratura mutaxassisliklari:
- 5A140501 – Kimyo (talim yo’nalishlari bo’yicha)
- 5A320401 Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi)
- 5A320401 Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi) (qo’shma talim dasturi asosida)
Doktorantura mutaxasisligi:
- 02.00.13 – noorganik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi
Professor-o‘qituvchilar tarkibi
Kafedralarda ilmiy-pedagogik faoliyatni 48 professor-o’qituvchi, 6 nafar urindoshlar, shu jumladan 2 fan doktorı, professor A.Reymov hám M.Allaniyazova; 14 nafar fan nomzodlari – doc. B.Nurımbetov, doc. A.Sharipova, doc. Z.Djumanazarova, doc. B.Xojametova, doc.B.Tanirbergenov, doc M.Ayımbetov, doc. D.Tureniyazova, doc. G.Genjemuratova, doc. M.Djumamuratova, doc. K.Uteniyazov, doc. Z.Uzaqbergenova, doc. A.Pirniyazov, doc. Z.Djumanova, doc. M.Madenov va O.Seytnazarova. Urindoshlik asosida taniqli olimlar: Wzbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti ilmiy xodimlari: akademik Sh.Namazov, profesor A.Seytnazarov va boshqalar faoliyat olib bormoqta.
Ilmiy-tadqiqot faoliyati
Fakultet professor-o’qituvchilari talabalarga dars berish bilan birga ilmiy ishlarni ham olib bormoqta. Fakultetda Davlat tomanidan moliyalashtirilgan B.Nurimbetov rahbarligida 2017-2018 yillari OT-A-14-25 «Modifikaciyalangan vermikulit asosida issiq saqlovchi kompozicion materiallarni tarkibini va texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusida va 2018-2020 yillari M.Allaniyazova rahbarligida PZ-2017092765 «Shirinmiya ildizpoyasidan ajratilgan glicirrizin kislotasi asosida buǵdoyning o’sishini muvofiqlashtiruvchi, fungicidlik xususiyatga ega bo’lgan preparat yaratish va olish texnologiyasini ishlab chiqish» mavzularida ilmiy grantlar bajarildi.
Fakultetda 2021-2023 yillari bajarilishi mo’ljallangan «Qoraqalpoǵiston Respublikasida ishimlik suvi va sanaot korxonalari texnologik suvlarini tozalash uchun mahalliy xomashyolardan (ko’mir, bentonit) sorbentlar olish texnologiyasini yaratishsh» mavzusida (rahbari doc.A.Sharipova) ilmiy loyiha bajarilmoqda.
İlmiy kadrlarni tayorlash bo’yicha fakultetda bir qancha ishlar bajarilmoqda. 2020 yili M.Allaniyazova, 2021 yili A.Abdikamalovalar fan doktori ilmiy darajasi olgan bo’lsa, 2021 yili O.Seytnazarova va G.Dosanovalar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo’ldi.
Fakultet talabalari o’zlarining amaliyotlarini “Qo’n’ǵirot soda zavodi”, “Qoraqolpoqcement”, “Titancement”, “Nukus polimer”, Uzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpoǵiston bo’limi institutlarida o’tkazmoqda.
Xalqora xamkorlik
Fakultet chet ellarning ilmiy markazlari va oliy o’quv yurtlari bilan xamkorlik aloqalarini o’rnatgan. Bulardan, Belarus davlat texnologiya universiteti, Belarus milliy fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti, Ukraina Milliy fanlar akademiyasi Chuyko nomidagi Sirt yuzalar kimyosi instituti, Kiev milliy universiteti, Xarkov milliy universiteti, Gumelev nomidagi Evroosiyo davlat universiteti va boshqalar.
Fakultet professor-o’qituvchilari chet ellarning nufuzli ilmiy markazlari va oliy o’quv yurtlarida tajriba almashuv va stajirovkada bo’lib kelmoqta.