Kecha 1-mart kuni kimyo-texnologiya fakulteti 2-kimyo guruhi talabalari darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida D.I.Mendeleyev davriy sistemasining ochilgan kuni munosabati bilan guruh rahbari Allambergenova Kamila boshchiligida o’tkazildi. Bu tadbirda K.Uteniyazov, O.Sharipova, D.To’reniyazova, B.Xo’jametova, G’.Sultanov kabi professor-o’qituvchilar taklif qilindi.

Tadbir D.I.Mendeleyevning ish faoliyati davomida qo’llagan “Sepilgan ilm urug’i xalqqa hosil beradi” shiori ostida o’tkazildi.

Tadbirda barcha guruh talabalari ishtirok etib, davriy sistemaga xos bo’lgan ta’riflar va she’rlar bilan boshlashdi. Guruhda o’zaro intelektual o’yinlar tashkil qilinib, bilimlarni sinash yo’li orqali yanada qiziqarli tus oldi.

Tadbir yakunida professor-o’qituvchilar o’z fikrlarini bildirib guruhni olqishlashdi va yana shunday kichik tadbirlar ko’proq tashkil qilishini  aytib o’tdilar. Albatta, biz yoshlar  ustozlarimiz fikrlaridan to’g’ri xulosa chiqarib  har kunimizni mazmunli o’tkazishga harakat qilishimiz kerak.

Gulnoza Kamolova,

Kimyo-texnologiya fakulteti 2-kurs talabasi.