Tyutor faoliyati

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh tashabbus loyihasining 5-yoʻnalishi boʻlgan «Xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash» va ularni kasbga qiziqtirish maqsadida Kimyo-texnologiya fakulteti tyutori A.Alauatdinova boshchiligidagi talaba-qizlar bilan birgalikda 1-2-3- talabalar uyida joylashgan tikuvchilik sexiga sayohat qilishdi.

Tikuvchilik sexida tikuvchilik sirlari va koʻylak bichish boʻyicha tushunchalarga ega boʻlishdi. Bu yerda qizlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish uchun faoliyat yuritayotgan «Mohir qizlar» toʻgaragiga tikuvchilikka qizquvchi qizlar aʼzo boʻlishdi.

Dinara Urazmatova
Kimyo-texnologiya fakulteti, 3-boqich talaba