Ustozlar Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyida

2023-yil 14-fevral kuni Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyida o’quvchi va o’qituvchilar bilan universitetining Kimyo-texnologiya fakulteti dekani B.Nurimbetov va organik va noorganik kimyo kafedrasi docenti B.Tanirbergenovlar bilan uсhrashuv bo’lib o’tti.

Uсhrashuvda B.Nurimbetov litcey o’quvchilariga Universitet va Kimyo-texnologiya fakulteti haqida, fakultetda faoliyat olib boroyotgan professor-o’qituvchilar va ularning ilmiy ishlari haqida, kimyo fanining ishlab chiqarishdagi tutgan urni, Respublikamizdagi kimyoviy ishlab chiqarish korxonalari haqida, Respublikamizda joylashgan konlar haqida batavsil malumot berdi. Shuningdek universitetda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar bo’yicha tushunchalar berdi.

Bundan so’ng Bazarbay Tanirbergenov kimyo fani bo’yicha asosiy tushunchalar va kundalik hayotimizda tutgan o’rni haqida keng to’xtalib o’tdi. Shu bilan bir qatorda o’zining ilmiy ish faoliyati haqida seminar qatnashchilari bilan o’rtoqlashdi.

Ushrashuv davomida o’quvchilar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldi. Bazarbay Tanirbergenov o’zinig yozgan kitoblardan o’quvchilarga sovg’a tariqasida taqdim etti.

Kimyo-texnologiya fakulteti tyutori A. Sherniyazov