Maktab o’qituvchilari bilan uchrashuv

Shu yil 18-aprel kuni Berdoq nomidagi Qoraqolpoq davlat universiteti Kimyo-texnologiya fakultetida umumtalim maktablarining kimyo fani o’qituvchilari bilan uchrashuv bo’lib o’tti. Unda universitet rektori A.Reymov, fakultet dekani B.Nurimbetov, Qoraqalpoǵiston Respublikasi Pedagoglarni yangi metodlarga o’rgatish milliy markazi Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi kimyo fani o’qituvchisi A.Esnazarov va fakultet professor-o’qituvchilari ishtirok etdi. Uchrashuvda rektor A.Reymov universitet professor-o’qituvchilarining umumtalim maktablari bilan birga ishlashishi, ularga kimyo fanini o’qitishda yuzaga kelayotgan muammolar, ularning echimini birga ishlashish orqali bartaraf qilish mumkinligini aytib o’tdi.