Ish beruvchilar bilan uchrashuv kechasi
Bugun, joriy yilning 20-aprel kuni Kimyo-texnologiya fakultetida ta’lim sohasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda universitetimiz marketing xizmati bo’limi hodimi F.Maqsetov, Shimbay tumaniga qarashli 38-sonli maktab direktori G.Abdullaeva, Qoraqalpoq Davlat Universiteti akademik liceyi metodisti A.Yusupov, fakultet professor o’qituvchilari va 4-kurs talabalari qatnashdi.
Kechani fakultet dekani B.Nurimbetov kirish so’z bilan boshlab, bitiruvchi kurs talabalarining ish bilan ta’minlash masalasida bugungi kunda fakultetda olib borilayotgan ishlarga to’xtalib, kelgan mehmonlarga fakultet haqida, 2022/2023 o’quv yilida bitiruvchilari haqida ham ma’lumotlar berib o’tdi.
Shimbay tumaniga qarashli 38-sonli maktab direktori G.Abdullaeva so’zga chiqib, barcha bitiruvchi talabalarga dastlab yaxshi natijalar bilan tamomlashiga tilakdosh ekanligini aytib, undan keyin ish beruvchi maktab haqida va unda yaratilgan keng imkoniyatlar haqida aytib o’tdi. Bu maktabda 2000 dan ortiq o’quvchilar bilim olib, asosan rus tilida o’qitishga mo’ljallangan maktab bo’lib, kimyo, biologiya, fizika kabi fanlardan hozirda rus tilida dars beruvchi mutaxassislarning kerak ekanligi hamda o’z mutaxassisligini yaxshi biladigan talaba yoshlar bo’lsa ularni albatta ish bilan ta’minlashini aytib o’tdi.
Undan keyin Qoraqalpoq Davlat Universiteti Akademik licey metodisti A.Yusupov so’zga chiqib, bitiruvchi kurs talabalariga o’qituvchilik kasbi katta javobgarchilikni talab qilishini, bunga befarq bo’lmasdan mas’uliyat bilan yondashish kerak ekanligini aytib, akademik licey haqida to’liq ma’lumot berdi. U yerda ishlaydigan har bir mutaxassisdan kuchli bilim talab qilinishini, u yerda bilim olayotgan o’quvchilarning darajasi kuchli ekanligini, o’tgan yili licey bitiruvchilarining oliy o’quv yurtiga kirish ko’rsatkichi 82% bo’lganligini bunday natijaga erishish uchun licey o’qituvchilariga qo’yiladigan talablar juda kuchli ekanligini aytib o’tdi va yaxshi iqtidorli talabalarni liceyga o’z mutaxassisligi bo’yicha ishlashi uchun taklif qildi.
Universitet marketing xizmati bo’limi mutaxassisi F.Maqhsetov bitiruvchi kurs talabalarini ishga joylashtirish bo’yicha universitet tomanidan bir qancha ishlar olib borilayotganini, universitet, talaba va ish beruvchilar ortasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalarning o’z vaqtida va to’g’ri to’ldirilishi kerak ekanligi haqida, universitet rahbariyati tomanidan yaqin kunlarda o’tkazilishi rejalashtirilayotgan mehnat yarmarkasida talabalarning faol ishtirok etishi kerak ekanligini aytib o’tdi.
Fakultet professor-o’qituvchilari Z.Uzaqbergenova hamda A.Sharipovalar so’zga chiqib, yaratilayotgan shunday imkoniyatlardan keng foydalanib, har bir bitiruvchi o’z imkoniyatini sinab ko’rishi kerakligini, vaqtni bekorga sarflamaslik kerakligini va endilikda 4-kurs bitiruvchi yoshlarning pedagogik amaliyotlarini tumanlararo tashkillashtirish kerak ekanligini taklif qildi.
Uchrashuv qatnashuvchilari bugungi kunda davlatimiz ta’rafidan yoshlarning bilim olishlari uchun yaratib berayotgan imkoniyatlardan to’g’ri foydalanishimiz kerak ekanligini, o’qishni bitirgandan keyin o’z kasbining ustasi bo’lib, elimizning rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadigan mutaxassislar bo’lib yetishishiga, barcha yoshlarni chorlab qoldi.
Uchrashuv so’ngida talaba yoshlar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
Kimyo-texnologiya fakulteti yetakchisi: Nilufar Kuzdibaeva