Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi
Qoraqalpoq davlat universiteti kimyo-texnologiya fakultetining«fizikaviy va kolloidliq kimyo» kafedrasi 1990 yilda tashkil etilib, uning birinchi mudiri kimyo fanlari nomzodi, docent Kali Saparniyazov bo’lgan. 1993-1996 yillarda kafedrani kimyo fanlari nomzodi, docent Muratbay İsmailov boshqardi. 2001 yili kafedra qayta tashkil etilib unga kimyo fanlari nomzodi, docent Jumamuratova Mapruza Sharibaevna mudirlik qildi. Kafedrani 2008-2011 yillarda kimyo fanlari doktori Rustem Tlegenov boshqardi. 2012-2017 yillarda kimyo fanlari nomzodi Amanbay Pirniyazov kafedra mudiri bulib ishladi. 2017-2018 yillarda kafedraga kimyo fanlari nomzodi, docent Baxtiyar Nurimbetov mudir etib tayinlandi. 2019 yildan boshlab shu kungacha kafedra mudiri bulib kimyo fanlari nomzodi, docent Sharipova Ayshagul İbraimovna ishlab kelmoqda.
Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi o’zining rivojlanish tarixida kimyo talim yunalishi buyicha ko’plab bakalavr va magistrantlarni tayorladi. Hozirgi vaqtda ular Uzbekiston Respublikasining turli xil talim muassasalarida va ilmiy markazlarda faoliyat olib bormoqda.
Hozirgi vaqtda kafedra Respublikamizdagi va chet davlatlarning ilmiy tadqiqot institutlari xamda oliy talim muassasalari bilan birga ishlash buyicha xamkorlik shartnomalar tuzgan. Ulardan Uzbekiston Fanlar Akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutining «Kolloid kimyo» laboratoriyasi va UzR FA Qoraqalpoǵiston bo’limi TFİTİ kimyo laboratoriyasi, Uzbekiston milliy universiteti va Nukus OOO «POLIMER» zavodi va T.G.Shevchenko nomidagi Kiev Milliy universiteti, shuningdek A.A.Chuyko nomidagi Ukraina Milliy Fanlar Akademiyasi «Sirt yuzalar kimyosi» instituti bilan hamda Karazin nomidagi Xarkov milliy universiteti bilan o’z-aro birga ishlash buyicha xamkorlik shartnomalarini imzolandi.
2019-2020 o’quv yilidan boshlab Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasiga xorijiy davlatlar OTM lari va İTİ laridan Oflayn xamda Onlayn dars o’tadigan professor-o’qituvchilar dars jarayoniga jalb qilinmoqda
A.A.Chuyko nomidagi Ukraina Milliy Fanlar Akademiyasi «Sirt yuzalar kimyosi» instituti kata ilmiy xodimi k.f.n,docent L.S.Andriyko kimyo mutaxassisligi talabalari bilani laboratoriya mashǵulotini olib bormoqda
A.A.Chuyko nomidagi Ukraina Milliy Fanlar Akademiyasi «Sirt yuzalar kimyosi» instituti kata ilmiy xodimi k.f.n,docent L.S.Andriyko kimyo fakulteti professor-o’qituvchilari va magistrleri bilan uchrashuvda
Docent B.Nurimbetov talabalar bilan laboratoriya mashǵulotida.
Kafedraning ilmiy yunalishi — Suvda eruvchi polimerlarning tabiyiy dispers sistmalarga tasirini o’rganish, maxalliy xom ashyolar asosida olingan sorbentlar yordamida ichimlik, oqava va sanoat texnologik suvlarini tozalash xamda bentonitlar asosida burǵulash eritmalarini va qurilish materiallarini tayorlash buyicha ilmiy ishlar olib borilmoqda. Bu yunalishlar buyicha qator ilmiy tadqiqot ishlari bajarildi. Olib borilgan ilmiy ishlar natijasida maqolalar Respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda nashr etildi.
Kafedra professor –o’qituvchilari turli xil Xalqaro va Respublika ilmiy-amaliy konferenciyalarda o’zlarining ilmiy ishlarini natijalari buyicha bayonatlari bilan ishtirok etib kelmoqda.
2020 yil dekabr oyida kafedra mudiri Sharipova A.İ Xalqaro «CASCADE 2020 conference On Sustainable Agricultural Development in Central Asia and Caucasus” December 10-11, Tashkent- 2020. nomli konferenciyada ilmiy bayonati bilan ishtirok etdi
2017 — 2018 yillarda docent B.Ch.Nurimbetov rahbarligida amaliy tavsifdagi «Modifikaciyalangan vermikulit asosida termoizolyaciyalangan materialning olinish texnologiyasi va tarkibini ishlab chiqish» mavzusida ilmiy grant ishi bajarildi.
Kafedrada hozirgi kunda 7 fan nomzodi va 6 assistent faoliyat olib bormoqda.
Kafedraning ilmiy darajaga ega bo’lgan professor-o’qituvchilarning tarkibi
![]() |
Sharipova Ayshagul İbraimovna, kimyo fanlari nomzodi, docent. Sharipova A.İ 1965 yili 9 mayda Qoraqalpoǵiston Respublikasi Shimbay tumanida tuǵilgan. 1987 yili Nukus davlat universitetining kimyo-biologiya fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi: kimyo, o’qituvchi. 2001 yili «Malein kislotasi va akrilamid sopolimeri asosida olingan polielektrolitti Qoraqalpoqstan topiraq dispersiyalarini struktura payda etio’ va stabillenio’ine tásiri» mavzusinda nomzodlik dissertaciyasini ximoya qilgan Dissertaciya mavzusi buyicha 60 ortiq ilmiy maqolalar, shundan 1-monografiya, 2 oqio’ qollanba, 4 uslubiy qo’llanma chop eildi. Patent uchun 1 mualliflik guvoxnomasi bor. 2006 yildan boshlab kafedra docenti bo’lib ishlab keldi. 2019 yildan Fizikaviy va kolloidliq kimyo kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda |
![]() |
Nurimbetov Baxtiyar Chimbergenovich, kimyo fanlari nomzodi, docent. 1975-yili 13 oktyabrda Nukus shahrida tuǵilgan. Qoraqalpoq davlat universitetini tugatgan. Mutaxassisligi kimyogar, o’qituvchi. 2004 yilda «Poluchenie i regulirovaniya processov gidratacionnogo strukturoobrazovaniya v izvestkovo-belitovix vyajushix na osnove mergeley Respubliki Karakalpakstan» mavzusida nomzodlik dissertaciyasini himoya qilgan. 2004-2006 yillarda FM-3-118 «Mergellar asosida olingan ohak-belitli boǵlovchilarning gidratacion struktura xosil etish jaraenini boshqarish» mavzuli, 2010-2011 yillarda EF-3-14 «CaSO4 – mikroto’ldirgich – H2O sistemasida gidratacion struktura xosil bo’lish jarayonini boshqarish» mavzusidagi va 2017 – 2018 yillari OT-A-25 «Modifikaciyalangan vermikulit asosida termoizolyaciyalangan materialning olinish texnologiyasi va tarkibini ishlab chiqish» mavzularida ilmiy grantlarga rahbarlik qildi. 60 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan, shundan 1 ilmiy monografiya, 1 o’quv qullanma va 3 uslubiy qo’llanma chop etgan. Hozirgi kunda Qoraqolpoǵistonning xomashyolaridan qurilish ishlarida foydalaniladigan materiallar olish, ularning xossalarini boshqarish bo’yicha ilmiy ishlar olib bormoqta. 2019 yili Belarus Respublikasida ilmiy stajirovkada bo’ldi. |
![]() |
Djumamuratova Mapruza Sharibaevna, kimyo fanlari nomzodi, docent. Djumamuratova M.Sh 1960 yilning 8 oktyabrida Muynoq tumanida tuǵilgan. Nukus davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: kimyo, o’qituvchi. 2000 yili «Tarkibida karboksil amin tutgan polielektrolitning uning kolloid kimyoviy xossalariga tasiri» mavzusida nomzodlik dissertaciyasini ximoya qilgan. M.Jumamuratova tomonidan 45 ortiq ilmiy maqolalar nashr etildi. Shundan 3 uslubiy qo’llanma va 1 paten egasi. 2000 yildan boshlab — kafedra docenti |
![]() |
Uzakbergenova Zamira Dosnazarovna, kimyo fanlari nomzodi, docent. Ol 1967 yili 13 iyulda Nukus shaxrida tuǵilgan. Nukus davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: kimyo, o’qituvchi. 1995 yili «Kobalt (III) 2- gidroksimino karbon kislotalari bilan koordinacion birikmalarining sintezi va tadqiqi» mavzusida nomzodlik dissertaciyasini ximoya qilgan. 60 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr qilgan. Ulardan 1 darslik, 6 uslubiy qo’llanma. 2019 yildan boshlab — kafedra docenti. |
![]() |
Pirniyazov Amanbay Joldasbaevich, kimyo fanlari nomzodi. Ol 1978 yili 7 martta Nukus shaxrida tuǵilgan. Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: kimyo magistri. 2005 «Bazibir tannidali o’simliklarning polifenollari va ularning biologik faolligi» mavzusida nomzodlik dissertaciyasini ximoya qilgan. Dissertaciya mavzusi buyicha 35 ortiq ilmiy maqolalari mavjud. Ulardan 2 uslubiy qo’llanma va 2 patent egasi. 2017 yildan boshlab kafedra docenti. |
![]() |
Djumanova Ziyada Keunimjaevna, kimyo fanlari nomzodi, docent. Ol 1974 yili 14 oktyabrda Chimboy tumanida tuǵilgan. Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: kimyo, o’qituvchi. 2012 yili «Boshoqli o’simliklar – sholi, makkajuxori, juxori ligninlarining tuzilishi va xossalari» mavzusida nomzodlik dissertaciyasini ximoya qilgan:
45 ortiq ilmiy ishlari nashr qilinigan. Shundan 1 darslik, 1 ilmiy monografiya va 6 metodik qo’llanma. 2013 yildan boshlab kafedra docenti.
|
![]() |
Seytnazarova Oksana Muratbaevna, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD). 1986-yili 18 dekabrda Nukus shahrida tuǵilgan. 2010 yil Berdoq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti tamomlagan. Malumoti bo’yicha mutaxassisligi: kimyo (fan yo’nalishi bo’yicha).
2021 yilda “Bentonit gilmoyasini modifikaciyalash va organobentonit ishtirikoda bo’yovchi moddalarning adsorbciya jarayonini tadqiq etish” mavzusida texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertaciyasini himoya qilgan. 2020-2023 yillarda F3 2019081633 «Mahalliy Apis Millifera jonsiz asalarilardan xitin va xitozan sintez qilish hamda ular asosida bioparchalanuvchi polimer plyonkalar olish» mavzusida ilmiy grantga qatnashgan. 30 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan, shundan 1 uslubiy qo’llanma chop etgan. Hozirgi kunda Qoraqolpoǵistonning xomashyolaridan to’qmachilik sanoati oqava suvlarini tozalash bo’yicha ilmiy ishlar olib bormoqta. |
Shu bilan birga kafedramizda assistentlar R. Kalimbetova, S.Kalbaev, A.Atashov, F.Allambergenova, O.Tanatarov., S.Otajonovlar faoliyat olib bormoqdalar.
Кроме того, на кафедре работают ассистенты Р. Калимбетова, С.Калбаев, А.Аташов, Ф.Алламбергенова, О.Танатаров., С.Отажонов.