Kimyoviy texnologiya kafedrasi

Berdoq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Kimyoviy texnologiya kafedrasi 1993-yil “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish” kafedrasi sifatida ish boshladi. 1996-yildan boshlab kafedra nomi “Noorganik kimyo va kimyoviy texnologiya” kafedrasi deb nomlandi. Kafedra ish faoliyati davrida docentlar B.Tanirbergenov (1993-1994), B.Jarekeev (1994-2005), M.Ayƒmbetov (2005-2006), B.Allambergenov (2006-2009), B.Nurƒmbetov (2009-2012), M.Ayƒmbetovlar (2012-2018) kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritgan. 2018-yildan boshlab kafedraga texnika fanlari nomzodi, docent B.Xojametova rahbarlik qilib kelmoqda.

Hozirgi kunda kafedrada 5320400-Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi), va 5321000–Oziq–ovqat texnologiyasi (go’sht-sut va konserva mahsulotlari)   bakalavr yo’nalishi bo’yicha talabalar tahsil olmoqda.

2019-2020 o’quv yilidan boshlab kafedrada  5A320401-Kimyoviy-texnologiya (noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi)  magistratura mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayyorlanmoqda.

Kafedrada 2019-2020 o’quv yilidan boshlab Belorussiya davlat texnologiya universiteti bilan birga shartnoma asosida magistraturaning 5A320401-Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi va 5A320407. Kimyoviy texnologiya jarayonlari va kurilmalari mutaxassisliklaridan qo’shma talim dasturi bo’yicha magistrlar o’qishga kabul  kilinib talim olmoqda.

Kimyoviy texnologiya kafedrasi o’zining rivojlanish davrida ko’plab bakalavr va magistrlarni tayyorlab chiqardi. Hozirgi vaqtda ular Uzbekiston Respublikasining ko’plab o’quv yurtlarida, ishlab chiqarish korxonalarida va ilmiy markazlarda ishlab kelmoqda.

Kimyoviy texnologiya kafedrasida 4 darslik, 5 o’quv qo’llanma, 2 monografiya, birnechta o’quv-uslubiy qo’llanmalar va 150 dan ortiq ilmiy maqala va tezislar chop etildi. Har yili professor-o’qituvchilar tomanidan chet ellarda va respublikada o’tkaziladigan ilmiy-nazariy anjumanlarda professor-o’qituvchilari faol qatnashmoqta. Shuningdek, kafedrada iqtidorli talabalar uchun “Ёsh texnolog” klubi tashkil qilingan bo’lib, bu erda talabalar o’zlarining ilmiy ishlarini bajarishmoqta. Har yili bo’lib o’tadigan ilmiy anjumanlarda talabalar o’z maqolalari bilan ishtirok etib, ularning natijalarini ilmiy to’plamlarda chop etmoqta. 2021 yili Uzbekston Respublikasi oliy o’quv yurtlari orasida (kimyoviy texnologiya fani bo’yicha) o’tkazilgan III tur fan olimpiadasida 4 kurs talabalari B.Juginisov va D.Kurbiyazovlar 2 va 3 o’rindi olishga muvofiq bo’ldilar.

Kafedra tashkil qilingan  vaqtdan etiboran muhandis – texnolog kadrlarni tayorlashga katta etibor qaratildi. Ushbu maqsatda  kafedra o’qish, amaliyot va ilmiy izlanish yo’nalishlari bo’yicha Toshkent kimyo texnologiya instituti, UzR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti, UzR FA Qoraqalpoǵiston bo’limi TFİTİ Kimyo laboratoriyasi, Belarus davlat texnologiya universiteti, «Navoiyazot» MChJ, «Nukus Mirab» MChJ, «Qunǵirot soda zavodi» MChJ, «Karakalpakcement» MChJ, «Titancement» MChJ, «Nukuspolimer» MChJ lari bilan birga ishlashish shartnomalari tuzilgan.

Oziq-ovqat texnologiyasi talim yo’nalishi bo’yicha «PANAEV FARMS» FXga tegishli  «PANAMILK» mini zavodƒ, «Moynaq Akva sanoat»  DUK, “Uz test” DUK, Taxiatosh-Don mahsulotlari AJ bilan ham hamkorlik shartnomasi tuzildi va talabalarning tanishuv, ishlab chiqarish, malakaviy va bitiruv oldi amaliyotlari ushbu ishlab chiqarish korxonalarida  o’tkazilib kelinmoqda.

Talabalarga bilim berish sifatini yaxshilash maqsadida Toshkent kimyo texnologiya instituti, Belorussiya davlat texnologiya universiteti va UzR FA Umumiy va noorganik moddalar kimyosi institutidan professor-o’qituvchilar jalb qilinib, dars o’tilmoqda. Ulardan: UzR FA Umumiy va noorganik moddalar kimyosi institutining laboratoriya mudiri t.f.d., akademik Sh.S.Nomazov, UzR FA Umumiy va noorganik moddalar kimyosi institutining bosh ilimiy xodimi t.f.d., doc. A.RSeytnazarov, TDTU qoshidagi “Fan va taraqqiyot DUK” laboratoriya mudiri t.i.d., prof A.M.Eminov, BDTU “Kimyoviy texnologiya jarayonlari va qurilmalari” kafedrasi docenti, t.f.n.  E.V.Opimax, TKTİ “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” kafedrası docenti A.J.Allamuratova, TKTİ  “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” kafedrasi mudiri, doc M.S.Jandullaeva, UzR FA Qoraqalpoǵiston  bo’limi TFİTİ Kimyo laboratoriyasi mudiri doc. A.J.Abılovalar o’rindoshlik asosida talabalarga bilim va talim-tarbiya berishda hamkorlik qilib kelmoqda.

Belorussiya davlat texnologiya universiteti Kimyoviy  texnologiya jarayonlari  va qurilmalari kafedrasi docenti t.f.n E.V. Opimax kimyo, kimyoviy texnologiya bakalavr talim yo’nalishi  talabalari va magistrlari bilan maruza darsini olib bormoqda.

Belorussiya davlat texnologiya universiteti “Kimyoviy  texnologiya jarayonlari  va qurilmalari” kafedrasi docenti t.f.n E.V. Opimax Kimyo-texnologiya  fakulteti seminarida professor-o’qituvchilar va  magistrlarga «Belorussiya Respublikasida  kimyoviy texnologiya rivojlanishi»  nomli mavzuda maruza darsini olib bordi.

Docent B. Madenov rahbarligida Kimyoviy-texnologiya bakalavr yo’nalishi  2-bosqich talabalari «Titancement» MChJ da  amaliyot jarayonida.

Kafedra professor-oqituvchilari majlis paytida

 

Kafedraning ilmiy darajali ӯqituvchilari

 

Xojametova Biybimaryam Qaypovna,  texnika fanlari nomzodi, docent.

1968-yili 23-yanvarda Qoraqalpoǵiston Respublikasi Qorao’zak tumanida tuǵilgan. 1991-yili Nukus davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: kimyo, o’qituvchi.

1991-yildan  boshlab kafedrada assistent-o’qituvchi, aspirant, kafedra docenti, kimyo fakulteti dekanining o’quv ishlari bo’yicha muovini, madaniy va marifiy ishlar bo’yicha muovini  lavozimlarida faoliyat ko’rsatdi.

Qoraqalpoǵiston Respublika-sida joylashgan mahalliy xomashyolar asosida: Bekbay lyossi, Xodjako’l bentoniti va Xodjako’l soz tuproqlarining mineralogik, kimyoviy tarkiblarini o’rganib, qurilish  ǵishtini ishlab chiqarish texnologiyasi bo’yicha ilmiy ishlar olib bordi.

2012-yili «Qoraqalpoǵiston karbonat tarkibli glinalari asosida xossalari yaxshilangan qurilish keramikasi» mavzusinda nomzodlik dissertaciyasini himoya qilgan.

Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.T.20.03 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar azosi.    İlmiy-pedagogik faoliyati davrida  70 ga yaqin ilmiy maqola va tezislari “Skopus”, “Web of  Scientist” va boshqa xalqaro ilmiy jurnallarda nashr qilingan, 10  dan ortiq o’quv va o’quv-uslubiy qo’llanmasi chop eilgan.

Oliy o’quv yurtlarining  “Kimyoviy  texnologiya”, “Neft va neft gazni qayta ishlash  texnologiyasi”, “Texnologik mashinalar va qurilmalar”  talim yo’nalishlari talabalari  uchun  qoraqalpoq tilida lotin imlosida 1 darslik:  “Kimyoviy injiniring jarayonlari va qurilmalari” (avtorlarlar: Xojametova B.K., Durdubaeva R.M., Reymov A.M., Nurmuxammedov X.S.), Tashkent. “Chulpon”, 2019 y., 1  monografiyasi: “Stenovƒe keramicheskie materialƒ na osnove sƒrevƒx resursov Karakalpakstana”, (avtorlarlar: Kadƒrova Z.R.,  Xojametova B.K.,  Eminov A.M.),  Tashkent. ”Fan”2020 yil va  2 o’quv qo’llanma chop eilgan.

2018-yildan “Kimyoviy  texnologiya” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

  Ayƒmbetov Maqsetbay Jollƒbaevich, texnika fanlari nomzodi, docent. 1969-yili 15-dekabrda  Qoraqalpoǵiston Respublikasi Nukus tumanida tuǵilgan. 1995- yili Berdaq nomidagi QDU tamomlagan. Mutaxasisligi: ximik. 1996-1999 yillar UzR FA WMKİ «Sintetik preparatlar texnologiyasi» laboratoriyasida aspiranturada tahsil olgan. 1999 yili «Mayda dispersli fenasal preparatini yaratish texnologiyasini ishlab chiqish va uni polimerlar bilan modifikaciyalash» mavzusida nomzodlik dissertaciyasini himoya qilgan. 2004 yilda docent ilmiy unvoni berilgan. 60 tan ortiq ilmiy mehnatlari nashr etildi. 2 darslik, 4 o’quv qo’llanmalar avtori. 2019 – yildan «Kimyoviy texnologiya» kafedrasi docenti.
Madenov Berdimurat Dauletmuratovich texnika fanlari falsafa doktori (PhD). 1984-yil 21-iyulda  Qoraqalpoǵiston Respublikasi Shomanay tumanida tuǵilgan. 2008-yil Ajiniyaz nomidagi NDPİ tugatgan. 2010-yil Berdaq nomidagi QDU  tugatgan. Mutaxassisligi: ximik. 2017-yil «Kimyoviy texnologiya» kafedrasida assistent o’qituvchi. 2018-yil «Noorganik qo’shimchalar tutgan termik barqaror ammiakli selitra olish texnologiyasini ishlab chiqish». mavzusida (PhD) dissertaciyasini himoya qildi. 40 dan ortiq ilmiy mehnatlari nashr etildi. 2019-yildan boshlab «Kimyoviy texnologiya» kafedrasida docent o’qituvchi.

Shuningdek, kafedrada  assistentler Kurbanbaeva Gulshad, Kaipbergenova Guljamila, Eshmuratov Marat, Sadikova Adolat, Alfiya.Turemuratova, Sipatdinov Nuratdin xam da stajyor-ӯqituvchilar Moldir Adilxanova, Madiyar Jabbarbergenov, Ochilov Siroj, Aynura Seyilxanovalar ishlab kelmoqda.