«ORGANIK VA NOORGANIK KIMYO» KAFEDRASI
«Organik va noorganik kimyo» kafedrasi 2015 yilning mart oyida yangidan shakllangani bilan o’zoq tarixiy bosqishlardan o’tgan. Dastlab 1944-1948 yillarda Qoraqalpoq davlat pedagogika institutida «Kimyo va biologiya» kafedrasi faollik ko’rsatti, kafedrani docent S.Osmanov boshqargan. 1948-1950 yillarda «Kimyo va geografiya» kafedrasi deb qayta nomlanib, kafedra mudiri G.A.Voroshilova bo’lgan. 1950-1958 yillarda professor P.Z.Fisher «Kimyo» kafedrasi mudiri lovozimida faoliyat yuritgan. Keyinchalik «Kimyo» kafedrasiga 1958-1962 yillarda F.A.Kondrar, 1962-1964 yillarda Z.Ametova, 1964-1968 yillarda A.Buleshov, 1968-1971 yillarda İ.Jiemuratov, 1971-1976 yillar oraliǵida esa docent J.Allamuratov, 1976-1987 yillari Q.Uteniyazov, 1987-1991 yillari DJ.Kurbanov, 1991-2010 yillarda Q.Uteniyazov, 2010-2020 yillari K.Q.Uteniyazovlar mudirlik etdi. Hozirgi kunda «Organik va anorganik kimyo» kafedrasi mudiri bӯlib, k.f.f.d.,PhD, docent Z.K.Djumanazarova faoliyat kӯrsatmoqda.
Kafedramizda professor-ӯqituvchilar bilan majlislaridan lavxalar
Kafedra professor-ӯqituvchilari talim bilan qator ilmiy-tadqiqot ishlarni ham olib borishda jonbozlik kӯrsatib kelmoqda. Kimyo fanlari doktori, professor Q.Uteniyazov tomonidan Evropa jamiatining INTAS dasturi bo’yicha 1997-2000 yillar uchun 80 ming ekyu miqdoridagi mablaǵ bilan «Katalizdagi kovalent boǵlangan kislotalar» mavzusidagi chet el granti yutib olindi. 2000-2004 yillarda professor Q.Uteniyazov NATO va Yaponiya Davlatlarining xalq oraliq JICA tashkiloti tomonidan berilgan chet el grantining asosiy bajaruvchisi sifatida ilmiy ishlarni bajardi.
1997-1999 yillarda «Organik kimyo» kafedrasida «Dorivor o’simliklarning tarkibiy qismlarin kimyoviy yul bilan aniqlash, individual birikmalarni ajratish, kimyoviy strukturasi va biologik faolligini aniqlash» mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishi bajarildi (shifr 14.4.4. ilmiy rahbar kimyo fanlarining doktori, professor Q.Uteniyazov, ilmiy tadqiqotchi kimyo fanlarining nomzodi, docent B.Bektursnov).
Wzbekiston Respublikasi Davlat Fan va texnika boshqormasi tomonidan jami 311400 so’m miqdorda ish hisobidan dorivor o’simliklarning (qizil miya, yontoq, isiriq) fiziologik faol moddalar (alkaloidlar, lipidlar, uglevodlar, moy kislotalari) o’rganildi.
2018-2020 yillarda kafedrada kimyo fanlari nomzodi, docent M.K.Allaniyazovaning ilmiy rahbarligida PZ-2017092765 «Shirinmiya ildizpoyasidan ajratilgan glicirrizin kislotasi asosida buǵdoyning o’sishini muvofiqlashtiruvchi, fungicidlik hususiyatga ega bo’lgan preparat yaratish va olish texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusidagi ilmiy-amaliy loyiha ishlari (707680000 sum) olib borildi.
Kafedramizning Tureniyazova Dametken Ayniyazovna – k.f.k., docentining magistrlar bilan dars jarayoni
Kafedrada professor-ӯqituvchilarning tashabbuslari bilan bir nechta Respublika miqyosida ilmiy-nazariy va ilmiy–amaliy anjumonlar ӯtkazildi. 1999-yili 25-26 noyabr kunlari «Orolbӯyi tabiiy resurslarni foydalanishning kimyoviy va texnologik muammolari» nomli, 2004-yili 22-23 aprel kunlari «Qoraqolpoqstonda kimyo talimi, ilmi va texnologiyasining zamonaviy masalalari» mavzusida, 2008-yilning 5-6 sentyabr kunlari «Ӯsimliklar resurslari asosidagi fiziologik faol birikmalar va anorganik moddalar texnologiyasi» mavzusidagi, 2011-yilning 16-17 mart kunlari kimyo fanlari doktori, professor Q.Uteniyazovning 70 yillik yubileyiga arnalgan «Qoraqalpoǵiston Respublikasida kimyo ilmi, texnologiya va talimni rivojlantirishning dolzarb muammolari» mavzusida yana 2021 yil, 24 mart kunida kimyo fanlari doktori, professor Q.Uteniyazovning 80 yillik yubileyiga baǵishlangan « Qoraqalpoǵiston Respublikasida kimyo va kimyoviy-texnologiya sohalarini rivojlantirishning dolzarb masalalari» nomli Respublika ilmiy-amaliy konferenciyalar ӯtkazildi.
Kafedra professor-o’quvtuvchilari ӯz tajribalarini xorij davlatlarida oshirib kelmoqda, shu jumladan: 2011 yili k.f.n.,docent K.Q.Uteniyazov va 2013 yili assistent B.M.Bekpolatovalar Ukraina Milliy universitetida OZXO (Organizaciya po zapresheniyu ximicheskogo orujiya) tomonidan o’tkazilgan seminar-trening kurslarida ishtirok etdi. 2017 yili k.f.n., docent K.Q.Uteniyazov Germaniya davlatida laboratoriya asbob-uskunalarni o’rnatish va ulardan foydalanish bo’yicha stajirovkada bo’lib keldi. 2018 yilning sentyabr oyidan boshlab kafedra professor-o’qituvchisi k.f.n., docent A.G.Eshimbetov CSIR-TWAS grantini yutib olib İndiya davlatida postdoktoranturada talim oldi. 2019 yilda «El-yurt umidi» dasturi bӯyicha assistent-ӯqituvchi G.M.Dosanova Belorussiya davlat universitetida stajirovkada bӯldi.
Hozirgi vaqtda kafedrada 1 ilm doktori, professor, 5ta fan nomzodi, docent va 10ta assistent-ӯqituvchi, 5ta stajer- ӯqituvchi faoliyat kӯrsatmoqda. İlmiy darajalik – 28,5%ni tashkil etadi.
Kafedramizning Sultanov Asan Aytmuratovich – assistent-ӯqituvchisining bakalavrlar bilan laboratoriya dars jarayoni
Kafedramizning Bekpolatova Baxtgul Madreymovna – assistent-ӯqituvchisining bakalavrlar bilan laboratoriya dars jarayoni
Члены кафедры:
- Kafedra azolari:
- Allaniyazova Mapruza Qdirbaevna – b.f.d., professor
- Tangirbergenov Bazarbay –k.f.k., docent
- Tureniyazova Dametken Ayniyazovna – k.f.k., docent
- Uteniyazov Karimbay Kuanshbaevich – k.f.k., docent
- Genjemuratova Gulxan Perdebaevna – k.f.k docent
- Djumanazarova Zulfiya Kojabaevna – k.f.f.d.PhD, docent
- Xodjaniyazov Bekniyaz Alimbaevich – assistent-ӯqituvchi
- Sultanov Asan Aytmuratovich – assistent-ӯqituvchi
- Bekpolatova Baxtgul Madreymovna – assistent-ӯqituvchi
- Abdireymov Qudaybergen – assistent-ӯqituvchi
- Dosanova Gulzar Maulenbergenovna – assistent-ӯqituvchi
- Artkova Gulzar Narbaevna – assistent-ӯqituvchi
- Qosnazarov Quӯatbergen Qosnazarovich- assistent-ӯqituvchi
- Qudiyarova Aygul – assistent-ӯqituvchi
- Allambergenova Kamila Raxmetovna – assistent-ӯqituvchi
- Ajiniyazova Sholpan – assistent-ӯqituvchi
- Bektursnova Aysanem – stajer- ӯqituvchi
- Begmanova Gaӯhar – stajer- ӯqituvchi
- Usnatdinova Sarbinaz – stajer- ӯqituvchi
- Xalmuratova Zulfiya – stajer- ӯqituvchi
- Jumabaeva Janna – stajer- ӯqituvchi
Kafedrada faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilar haqidagi malumotlar:
![]() |
Allaniyazova Mapruza Qdirbaevna – biologiya fanlari doktori, professor. 1966-yili Qoraqvlpoǵiston Respublikasi, Kegeyli tumanida tuǵilgan. 1988-yili Nukus davlat universitetini tamomlagan. İxtisosligi «Ximiya». 1995-yili WzR FA Bioorganik kimyo instituti qoshidagi muvofiqlashtirilgan Kengashda «Alkaloidlar va har xil aminospirtlar hosilalari sintezi hamda ularning xolinesterazalar bilan ӯzaro tasiri» mavzusida nomzodlik, 2020-yili Guliston davlat universiteti qoshidagi DSc.03/05.06.2020.B.91.03 İlmiy Kengashda «Wcimliklarning chidamliligini oshiruvchi induktorlarning kimyoviy va biologik xucuciyatlari» mavzusida 02.00.10 – Bioorganik kimyo ixtisosligi bo’yicha doktorlik dissertaciyasini himoya qildi. 80 dan ortiq ilmiy va ӯquv-metodik ishlari, shu jumladan: 1ta monografiya va 8ta o’quv-uslubiy qo’llanmalari nashr qilindi. 2000 yilda u kimyo fakulteti dekani, 1996-2020 yillarda docent va 2021 yildan organik va anorganik kimyo kafedrasida professor lavozimida ishlab kelmoqda. 2018-2020 yillarda uning ilmiy rahbarligida PZ-2017092765 «Shirinmiya ildizpoyasidan ajratilgan glicirrizin kislotasi asosida buǵdoyning o’sishini muvofiqlashtiruvchi, fungicidlik hususiyatga ega bo’lgan preparat yaratish va olish texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusidagi amaliy loyiha ishi bajarildi.1ta mustaqil izlanuvchining va 13tadan ziyod magistrlik dissertaciyaga ilmiy raxbarlik qildi. İlmiy yӯnalishi: Bioorganik kimyo. Ӯsimliklarning o’sishi va rivojlanishiga tabiiy birikmalar bilan ularning supramolekulyar komplekslarining tasirini ӯrganish. Quruq mevalar asosida ekologik jihatdan xavfsiz, oziq-ovqat mahsulotlarini yaratish. |
![]() |
Tanirbergenov Bazarbay – Kimyo fanlari nomzodi, docent 1943 yili 12 martta Nukus tumanida tavallud topgan. 1965 yili Tashkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaqassisligi kimyogar, kimyo o’qituvchisi. 1982 yili «Niobat serebra i nekotorx dvuxvalentnx 3d-metallov» mavzusida 02.00.01 – Noorganik kimyo ixtisosligi buyicha Kiev davlat universiteti qoshidagi muvofiqlashtirilgan Kengashda nomzodlik dissertaciyasini himoya qilgan. 50 dan ziyod ilmiy ishlari, shu jumladan 22ta ӯquv-metodik qӯllanmalari nashr qilindi. 1993-1994 yillarda kimyoviy texnologiya kafedrasi mudiri lavozimida ishladi, hozirda Qoraqalpoq davlat universiteti «Organik va noorganik kimyo» kafedrasi docenti lavozimida ishlab kelmoqda. İlimiy yӯnalishi: Kompleks birikmalar kimyosi. Kimyo ӯqitish metodikasi. Anorganik kimyo. |
![]() |
Tureniyazova Dametken Ayniyazovna – Kimyo fanlari nomzodi, docent. 1962 yili 15 fevralda Kegayli tumanida to’ǵilgan. 1986 yili Nukus davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi kimyogar, kimyo o’qituvchisi. 1996 yili «Sintez i antiaritmicheskaya aktivnost proizvodnx aminolupinina» mavzusida 02.00.10 – Bioorganik kimyo, tabiiy va fiziologik faol moddalar kimyosi mutaxassisligi bo’yicha WzR FA Bioorganik kimyo instituti qoshidagi muvofiqlashtirilgan Kengashda nomzodlik dissertaciyasin himoya qilgan. 50 dan ortiq ilmiy maqolalari va tezislari, shundan 6ta o’quv-uslubiy qo’llanmalari chop etilgan. 2014-2017 yillarda kimyo fakulteti dekani, xozirda Qoraqalpoq davlat universiteti «Organik va noorganik kimyo» kafedrasi docenti lavozimida ishlab kelmoqda. İlimiy yӯnalishi: Bioorganik kimyo, Organik sintez. |
![]() |
Uteniyazov Karimbay Quanshbaevich – Kimyo fanlari nomzodi, docent 1972 yili 24 yanvarda Qanliko’l tumanida tuǵilgan. 1994 yili Qoraqolpoq davlat universitetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Mutaqasisligi kimyogar, kimyo o’qituvchisi. 2000 yili «Cikloartanove glikozid iz rasteniya Astragalus globiceps» mavzusida 02.00.10 – Bioorganik kimyo, tabiiy va fiziologik faol moddalar kimyosi mutaxassisligi bo’yicha WzR FA Bioorganik kimyo instituti qoshidagi muvofiqlash-tirilgin Kengashida nomzodlik dissertaciyasini ximoya qildi. Bevosita rahbarligida ikkita nomzodlik dissertaciya ishi himoya qilindi. 80dan ortiq ilmiy mehnatlari, shundan 6ta o’quv-uslubiy qo’llanmalari chop etilgan. Qoraqolpoq davlat universiteti «Organik va noorganik kimyo» kafedrasi docenti lavozimida ishlab kelmoqda. İlimiy yӯnalishi: Tabiiy birikmalar kimyosi. Glikozidlar. |
![]() |
Genjemuratova Gulxan Perdebaevna – Kimyo fanlari nomzodi, docent. 1973 yili 13 oktyabrda Nukus shahrida tuǵilgan. 1997 yili Qoraqalpoq davlat universitetini tamomladi. Mutaxassisligi kimyogar, kimyo o’qituvchisi. 2010 yili Wzbekiston Milliy universiteti qoshidagi muvofiqlashti-rilgan Kengashda «C-,N-,O-acillanish reakciyala-rida 2,3-almashingan xinazolon-4 tuzlari» mavzusida, 02.00.03 – Organik kimyo mutaxassisligi bo’yicha nomzodlik dissertaciyasin himoya qilgan. 30 dan ortiq ilmiy maqolalari va tezislari, shundan, 1 o’quv-uslubiy qo’llanmasi chop etildi. Qoraqalpoq davlat universiteti «Organik va noorganik kimyo» kafedrasi docenti lavozimida ishlab kelmoqda. İlimiy yӯnalishi: Organik kimyo |
![]() |
Djumanazarova Zulfiya Kojabaevna – Kimyo fanlari bӯyicha falsafa doktori PhD, docent. 1986 yil, 29 mayda Beruniy tumanida tuǵildi. 2010 yil Ӯzbekston milliy universitetini tugatdi. Mutaxassisligi kimyogar, kimyo o’qituvchisi. 2018 yili Wzbekiston Milliy universiteti qoshidagi muvofiqlashtirilgan Kengashda «Magniy va kalciy nitratlarining bir turli va aralash ligandli koordinacion birikmalarining sintezi, tuzilishi va xossalari» mavzusida 02.00.01 – Noorganik kimyo mutaxassisligi bӯyicha PhD dissertaciyasini himoya qildi. 50 dan ziyod ilmiy ishlari, shu jumladan 6ta ӯquv-metodik qӯllanmalarinashr qilindi. 2020 yildan Qoraqalpoq davlat universiteti «Organik va noorganik kimyo» kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. İlimiy yӯnalishi:: Kompleks birikmalar kimyosi. Anorganik kimyo. |